Ertalabki badantarbiya — sog‘lom hayot garovi

 

Surxondaryo pedagogika texnikumida o‘quvchi-yoshlarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda kunni tetik va ko‘tarinki kayfiyatda boshlash maqsadida ertalabki badantarbiya mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar turli jismoniy mashqlarni bajarib, chiniqish va harakatchanlikni oshirishga e’tibor qaratdilar. Bunday mashg‘ulotlar sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va yoshlarning jismoniy tayyorgarligini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Haftalik top yangiliklar